Laravel

SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARGA ISHLOV BERISH SIYOSATI

1.Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish siyosati (quyida - Siyosat) «YANO EDUCATION» MChJ, STIR 308548704, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., akkasaroy tumani, Yunus Rajabi ko'chasi, 2 (quyida - Korxona deb yuritiladi) va yano.uz sahifasi Foydalanuvchisi (quyida - Foydalanuvchi deb yuritiladi) o‘rtasidagi shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha huquqiy munosabatlarni tartibga solаdi.
«Foydalanuvchi» - bu 18 yoshga to'lgan va Korxona xizmatlariga buyurtma berishni, izoh qoldirishni, veb-sahifada ro'yxatdan o'tishni yoki Korxona Internet-resursining funksionalligida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarishni istaydigan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs hisoblanadi.
«Sahifa» yoki «Korxonaning internet-resursi» - bu Korxonaga tegishli barcha darajadagi domen nomlarini hisobga olgan holda yano.uz veb-sahifasi hisoblanadi.
«Shaxsga doir ma'lumotlar» - bu aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo'lgan jismoniy shaxsga (fuqaroga) to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita tegishli har qanday ma'lumot hisoblanadi.
«Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish» - bu avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan shaxsga doir ma'lumotlar bilan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) to'plami hisoblanadi. Bunday harakatlar (operatsiyalar) quyidagilarni o'z ichiga oladi: shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, qabul qilish, ro'yxatga olish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, ta'minlash, kirish imkonini berish), shaxsiylashtirish, blokirovka qilish, o'chirish, yo'q qilish.

2.Ushbu Siyosat yano.uz sahifasi (quyida Sahifa deb yuritiladi) foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish tartibini, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish shartlari va tamoyillarini, Foydalanuvchilarning huquqlari va Korxonaning majburiyatlarini, ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha ko'rilgan choralar to'g'risidagi ma'lumotlarni belgilaydi.

3.Ushbu Siyosat Korxona Foydalanuvchilardan oladigan barcha shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.

4.Foydalanuvchi o'z ismini, telefon raqamini Sahifaning maxsus maydoniga kiritib, maslahat uchun so'rov yuborish, ro'yxatdan o'tish, buyurtmani yuborish yoki Sahifaning funksionalligida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish taklifi bilan ushbu Siyosatga rozilik bildiradi, so'ngra «Yuborish», «Maslahat so'rash» yoki boshqa tugmalarni bosadi.
Siyosat shartlariga rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Sahifadan har qanday foydalanishni darhol to'xtatishi kerak.

5.Sahifaning funksional imkoniyatlaridan foydalanganda Foydalanuvchi Korxonaga quyidagi shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin (shaxsga doir ma'lumotlarning ro'yxati va turlari Foydalanuvchi tomonidan foydalaniladigan Internet-resursning o'ziga xos funksionalligiga bog'liq): familiyasi, ismi, elektron pochta manzili, bog'lanish uchun telefon raqami.

6.O'zining shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etish orqali, Foydalanuvchi Siyosatda nazarda tutilgan hollarda Korxona tomonidan Foydalanuvchiga reklama, ma'lumotnoma ma'lumotlari, xizmatlarni Sahifaning funksionalligi va ushbu Siyosatning 8-bandiga muvofiq boshqa maqsadlarda taqdim etish uchun ularni qayta ishlashga (Foydalanuvchining o'z shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bo’lgan roziligini qaytarib olinmaguncha), shu jumladan to'plash, saqlash, shaxsiylashtirish, uchinchi shaxslarga topshirishga o’z roziligini bildiradi. Korxona shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuniga amal qiladi, bunda Yevropa Ittifoqining 2016-yil 27-apreldagi Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamenti(General Data Protection Regulation), Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va mahalliy normativ-huquqiy hujjatlar qoidalarini hisobga olinadi.
Foydalanuvchi tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga berilgan rozilik, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, bunday rozilik berilgan kundan boshlab ishlov berish maqsadlariga erishilgunga qadar yoki Foydalanuvchi rozilikni bekor qilgunga qadar amal qiladi.
Foydalanuvchi istalgan vaqtda ushbu Siyosatda belgilangan tartibda Korxonaga berilgan rozilikni bekor qilishi mumkin.

7.Agar Foydalanuvchi shaxsga doir ma'lumotlar to'liq bo'lmagan, noaniq yoki hozirgi vaqtda ahamiyatga ega bo'lmasa yoki shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga roziligini qaytarib olmoqchi bo'lgan taqdirda shaxsga doir ma'lumotlarga aniqlik kiritmoqchi bo'lsa, Foydalanuvchi Korxonaning office@yano.uz elektron pochta manziliga «Shaxsga doir ma’lumotlarni aniqlashtirish» yoki «Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni to‘xtatish» mavzusi bilan rasmiy so‘rovni yuborishi kerak. Xatda o’z elektron pochta manzili va tegishli so'rov ko’rsatilishi kerak.

8.Korxona Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
Foydalanuvchini Sahifada ro'yxatdan o'tkazish va identifikatsiya qilish, Foydalanuvchiga Sahifadan to'liq foydalanish imkoniyatini berish;
Foydalanuvchi talabiga binoan majburiyatlarni bajarish, Korxona tomonidan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha maslahatlar berish uchun Foydalanuvchining arizasiga binoan shu jumladan uchinchi shaxslar - Korxona hamkorlari bilan keyingi aloqani o’rnatish;
akkaunt yaratish va hamkor sahifalardagi hisobga olish yozuvi/akkauntga kirishni ta'minlash;
axborot xabarlarini yuborish;
Foydalanuvchining shaxsiy afzalliklari va sozlamalari to'g'risida olingan ma'lumotlar asosida tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) reklama qilish, ilgari surish;
Korxona sahifasi ishini baholash va tahlil qilish;
reklamani joylashtirish samaradorligini tahlil qilish, Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan egasizlantirilgan ma'lumotlar asosida statistik tadqiqotlarni tahlil qilish;
elektron pochta jo'natmalari, telefon orqali Foydalanuvchini aksiyalar, chegirmalar va maxsus takliflar haqida xabardor qilish;
marketing tadqiqotlarini, shu jumladan pudratchi (ijrochi, maslahatchi) sifatida uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
Foydalanuvchiga kreditlar berish va/yoki kredit shartlariga oid kelishuv bo'yicha hamkor banklar bilan aloqani olib borish.

Korxona Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan yoki ko'rsatilgan ma'lumotlarni tekshirmaydi. Shu munosabat bilan, Korxona shaxsga doir ma'lumotlar taqdim etilganda Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan quyidagilarga tayanadi:
muomalaga layoqatli shaxs hisoblanadi. Sahifadan foydalanayotgan shaxs muomalaga layoqatsiz bo'lgan taqdirda, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik qonuniy vakil tomonidan beriladi.
o’zi haqida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi (yoki o’zi vakillik qilayotgan muomalaga layoqatsiz shaxs haqida). Foydalanuvchi taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarni mustaqil ravishda yangilab turadi.
taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarni mustaqil ravishda yangilab turadi.
Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan Sahifadagi ma'lumotlar boshqa shaxslarga ochiq bo'lishi, Siyosatda nazarda tutilgan hollarda bunday Foydalanuvchilar tomonidan nusxa olinishi yoki tarqatilishi mumkinligini biladi.
Korxona shaxsga doir ma'lumotlarga quyidagi tamoyillar asosida ishlov beradi:
qonuniylik;
shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni oldindan belgilangan aniq qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklash;
Foydalanuvchidan olingan ma'lumotlarni to'plash va/yoki saqlash maqsadlariga mos kelmaydigan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning oldini olish;
ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarning mazmuni va hajmi bunday ishlov berish maqsadlariga muvofiqligi;
ishlov berish maqsadlariga nisbatan ortiqcha bo'lgan ma'lumotlarga ishlov berishning oldini
olish;
shaxsga doir ma'lumotlarning ularga ishlov berish maqsadlariga nisbatan to'g'riligi, yetarliligi
va hozirgi vaqtga ahamiyatga egaligini ta'minlash;

ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlariga erishilganda, bunday ishlov berish zarurati yo'qolganda yoki Foydalanuvchidan shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish to'g'risidagi so'rov yoki shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga bo’lgan rozilikni bekor qilish to'g'risidagi ariza kelib tushganda shaxsga doir ma'lumotlarning oshkor etilishini oldini olish maqsadida ularni yo'q qilish yoki egasizlantirish.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda Korxona shaxsga doir ma'lumotlarni ularga ruxsatsiz kirishdan, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur va yetarli darajadagi tashkiliy va texnik choralarni ko'radi.
Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish Korxona tomonidan quyidagilar hisobga olingan holda amalga oshiriladi:
Foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish Oʻzbekiston Respublikasi hududida maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda, shuningdek, ulardan foydalanmasdan ham amalga oshiriladi.
Korxona Foydalanuvchidan olingan ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi, ammo ushbu Siyosatda alohida ko'rsatilgan hollar bundan mustasno.
Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga - Korxona hamkorlariga berish, agar kerak bo'lsa, Foydalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun Foydalanuvchilarning roziligi asosida amalga oshiriladi.
Korxona, agar Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga - Korxonaning hamkorlariga taqdim etishi zarur bo'lsa, ushbu shaxslar, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, Foydalanuvchining roziligisiz shaxsga doir ma'lumotlarni maxfiy holda saqlash, oshkor qilmaslik yoki tarqatmaslik majburiyatini oladi.
Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini saqlash elektron tashuvchilarda amalga oshiriladi, Foydalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida esa shaxsga doir ma'lumotlar olinganidan keyin moddiy tashuvchilarda amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash Foydalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun obyektiv ravishda zarur bo'lgan muddatda amalga oshiriladi va quyidagi hodisalar bilan belgilanadi (qaysi hodisa avvalroq sodir bo'lganiga qarab):
Foydalanuvchi tomonidan o’z shaxsiy hisobi orqali shaxsga doir ma'lumotlarni o'chirguniga
qadar;
Foydalanuvchi tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish to'g'risidagi so'rovni olish
yoki ularga ishlov berish roziligini qaytarib olish munosabati bilan Korxona tomonidan shaxsga doir ma'lumotlar yo'q qilinmaguncha;
Foydalanuvchining rozilik muddati tugaguniga qadar.
Korxona ushbu Siyosatning 8.7-bandida ko'rsatilgan maqsadlar uchun Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarni bajargandan so'ng, ma'lumotlarni yo'q qilish yoki ma'lumotlarga ishlov berishga bo’lgan rozilikni qaytarib olish to'g'risidagi so'rov Foydalanuvchidan olinmasa, Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini egasizlantirilgan tarzda saqlashga haqli.
Agar Siyosatda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollarda Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga - Korxonaning hamkorlariga o'tkazish zarur bo'lsa, bunday o'tkazish quyidagi shartlarga muvofiq amalga oshiriladi:
uchinchi shaxs-Korxona hamkori shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish jarayonida ularning maxfiyligini ta'minlaydi, shuningdek, ma'lumotlarni boshqa shaxslarga oshkor qilmaslik, ya’ni Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini ularning roziligisiz tarqatmaslik majburiyatini oladi;
uchinchi shaxs-Korxona hamkori shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarga rioya etilishini kafolatlaydi: axborot xavfsizligi vositalaridan foydalanish; shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish faktlarini aniqlash va qayd etish hamda shaxsga doir ma'lumotlarni qayta tiklash choralarini ko'rish; shaxsga doir ma'lumotlarga kirishni cheklash; shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar samaradorligini nazorat qilish va baholash.
uchinchi shaxs-Korxona hamkoriga Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini uzatish va tarqatish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining asosli va amaldagi talablariga muvofiq ma’lumotlarni uzatish ushbu Siyosat bo‘yicha majburiyatlarning buzilishi hisoblanmaydi, ya’ni bu Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun Korxona bilan tuzilgan shartnoma (kelishuv) asosida ish yurituvchi hamkorlarga Korxona tomonidan ma'lumotlarni taqdim etish; Korxona veb-sahifasining ishlashini baholash va tahlil qilish, shaxsiy tavsiyalar berish, Foydalanuvchining shaxsiy afzalliklari va sozlamalari asosida reklama e’lonlarini ko'rsatish, shuningdek marketing, tahliliy va/yoki statistik tadqiqotlar o'tkazish maqsadida Korxona tomonidan Foydalanuvchi haqidagi ma'lumotlarni egasizlantirilgan tarzda uchinchi shaxslarga taqdim etish.
Korxona «cookies» texnologiyasidan («kuki») foydalanish huquqiga ega. Cookies – Foydalanuvchining qurilmasida o'rnatilgan dasturiy ta'minotdan foydalangan holda Sahifadan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda Korxonaga uzatiladigan ma'lumotlar, shu jumladan uning IP manzili, geografik joylashuvi, Foydalanuvchi qurilmasining brauzeri va operatsion tizimining turi haqidagi ma'lumotlar, Foydalanuvchi foydalanadigan uskuna va dasturiy ta’minotning texnik xususiyatlari, Sahifaga kirish sanasi va vaqtidir.
«cookies» fayllari maxfiy ma'lumotlarni o'z ichiga olmaydi. «cookies» fayllari Foydalanuvchining afzalliklari va sozlamalarini eslab qolish, shuningdek, Sahifaga tashriflar haqida tahliliy ma'lumotlarni to'plash uchun ishlatiladi. Sahifadan foydalanish Foydalanuvchining barcha «cookies» fayllari va Sahifaga tashriflar haqidagi tahliliy ma'lumotlardan foydalanishga, shuningdek ularni uchinchi shaxslarga o'tkazishga roziligini bildiradi.
Korxona Foydalanuvchining ip-manzili va u qaysi internet sahifaning havolasi orqali kelganligi haqidagi ma'lumotlarni oladi. Ushbu ma'lumotlar tashrif buyuruvchining shaxsini aniqlash uchun ishlatilmaydi.
Foydalanuvchi o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish bo'yicha Korxonadan ma'lumot olish huquqiga ega. Korxona Foydalanuvchiga yoki uning vakiliga Foydalanuvchiga tegishli shaxsga doir ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beg’araz holda taqdim etadi.
Agar ma'lumotlar to'liq emas, noaniq yoki hozirgi kunda ahamiyatga ega emas, deb topilgan bo'lsa, Foydalanuvchi ma'lumotlariga asoslanib, Korxona 7 (yetti) ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga zarur o'zgartirishlarni kiritadi va kiritilgan o'zgartirishlar haqida Foydalanuvchini xabardor qiladi.
Agar Foydalanuvchi yoki uning vakili Korxonaga o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini noqonuniy olish yoki ishlov berish faktini, shuningdek uning shaxsga doir ma'lumotlari bilan qilingan harakatlar ishlov berish maqsadlariga mos kelmaslik tasdig’ini taqdim etsa, Korxona 7 (yetti) ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda, Foydalanuvchining bunday shaxsga doir ma'lumotlarini yo'q qilish va Foydalanuvchini ko'rilgan choralar to'g'risida xabardor qilish majburiyatini oladi.
Korxona quyidagi hollarda Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni to'xtatish yoki Korxonaning uchinchi shaxs hamkori tomonidan ishlov berishni to'xtatishni ta'minlash majburiyatini oladi:
Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga noqonuniy ishlov berilishning aniqlanishi;
Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bo’lgan roziligini bekor qilishi;
Foydalanuvchidan shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish to'g'risidagi talabni olish;
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishish.
Ushbu bandda ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida boshqacha muddat belgilanmagan bo'lsa, Korxona shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni to'xtatadi va ma'lumotlarning 30 (o'ttiz) kundan ortiq bo'lmagan muddatda yo'q qilinishini ta'minlaydi.
Belgilangan muddatda Foydalanuvchining shaxsga doir maʼlumotlarini yoʻq qilishning imkoni boʻlmasa, Korxona Foydalanuvchining shaxsga doir maʼlumotlarini bloklaydi va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, lekin 6 (olti) oydan ortiq boʻlmagan muddatda, yoʻq qilinishini taʼminlaydi.
Korxona uchinchi shaxslar - Korxona hamkorlari ro'yxatini mustaqil ravishda belgilaydi va uni har qanday mavjud vositalar bilan, shu jumladan veb-sahifada e'lon qilish orqali Foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazadi.
Korxona istalgan vaqtda ushbu Siyosatga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Siyosatning joriy matni Sahifada joylashtiriladi.

Siyosatning yangi versiyasi nashr etilgandan keyin Sahifa yoki uning xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining Siyosat va uning shartlarini qabul qilishini anglatadi.
Siyosat shartlariga rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi veb-sahifa va uning xizmatlaridan foydalanishni darhol to'xtatishi kerak.
Ushbu Siyosat va/yoki shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha barcha savollar Korxonaning office@yano.uz elektron manziliga yuboriladi.

«YANO EDUCATION» MChJ

Yuridik manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabi ko'chasi, 2, STIR 308548704.

Bank rekvizitlari:

H/R 20208000605381703001 "Ipoteka-Bank" XATB Mehnat filialida, bank kodi 00937, Bank STIR 202858483, Bank ОКED 64190.