Laravel

TASDIQLANGAN

yangi tahrirda

“YANO EDUCATION” MChJ direktori

V.V. Lihachyovaning

31.01.2024 yildagi № 26-sonlibuyrug‘i bilan.

OMMAVIY SHARTNOMA

(Haq evaziga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida)

“YANO EDUCATION” mas'uliyati cheklangan jamiyati (keyngi o‘rinlarda – “Ijrochi” deb yuritiladi) nomidan Ustav asosida ish yurituvchi Direktor – Lihachyova Valentina Vladimirovna mazkur haq evaziga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi ommaviy shartnomani keyingi o‘rinladrda –

«Buyurtmachi» deb yuritiluvchi har qanday jismoniy shaxs bilan tuzadi.

Shartnoma Buyurtmachiga Ijrochining «Yano Education Online Kurs Platformasi» dasturiy ta’minotiga (keyingi o‘rinlarda – Dasturiy ta’minot, DT) shuningdek alohida Kurslarga haq evaziga onlayn tarzda ijrochi Dasturiy ta’minotining bir qismi bo’lgan yano.uz sayti orqali kirish imkoniyatini berish to’g’risidagi, ommaviy oferta shaklida tuziladigan, ushbu turdagi xizmatlarni ko’rsatish tartibi va taraflarning majburiyatlarini belgilaydigan kelishuv hisoblanadi.

Mazkur shartnoma matni Ijrochi tomonidan Internet tarmog’idagi Veb-saytda quyidagi manzil bo’yicha joylashtiriladi: https://yano.uz/oferta.pdf

Taraflar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasiga asoslangan holda mazkur shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:

  1. SHARTNOMANING PREDMETI
  1. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Ijrochi Buyurtmachiga dasturiy ta’minotning bir qismi boʻlgan yano.uz sayti orqali Ijrochining “Yano Education onlayn-kurs Platformasi” dasturiy ta’minotiga, shu jumladan Ijrochi tomonidan tanlangan Kurs Kurs nomi (keyingi oʻrinlarda Kursga kirish) materiallariga onlayn-kirishni taqdim etish majburiyatini oladi, shuningdek, Buyurtmachi Ijrochiga ish haqini toʻlash majburiyatini oladi.
  2. Kurs materiallariga kirish Ijrochi tomonidan yano.uz sayti orqali taqdim etiladi.
  3. Ushbu Shartnomada quyidagi atamalar va qisqartmalar qo'llaniladi:
  1. Kurs – bitta mavzu boʻyicha birlashtirilgan va Buyurtmachi tomonidan ushbu mavzu boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashga qaratilgan ma’lumotnoma va amaliy materiallar toʻplamidir.
  2. Sayt – yano.uz manzili boʻyicha Internetda joylashtirilgan veb-sayt.
  3. Shaxsiy kabinet – Buyurtmachini roʻyxatdan oʻtkazish natijasida yaratilgan va uning autentifikatsiya ma’lumotlarini (telefon raqami va parol) Saytda buning uchun nazarda tutilgan maydonlarga kiritishda mavjud boʻlgan Saytning himoyalangan sahifalari toʻplami.
  4. Modul – Kursning tarkibiy qismi.
  5. Hisob – hisob, hisob-faktura, narxlarni kelishish hisob protokoli, xizmatlar narxini belgilaydigan boshqa shunga o'xshash hujjat, va agar kerakli hollarda - to'lov shartlari.

Mazkur shartnomada ishlatiladigan atmalar matn mazmunidan kelib chiqqan holda birlikdagi va ko’plikdagi atamalarga birdek qo’llaniladi.

  1. Buyurtmachi Shartnoma shartlariga asosan xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirganidan keyin Saytda Kursga kirish muddati sifatida ko’rsatilgan muddat davomida Kurslarga onlayn tarzda kirish imkoniyatidan xohlagan paytda foydalanishi mumkin.
  2. Ushbu Shartnoma doirasida Ijrochi Buyurtmachiga shartnoma predmetiga aloqador bo'lmagan individual maslahatlarni taqdim etmaydi.
  1. SHARTNOMANI TUZISH VA BAJARISH TARTIBI
  1. Mazkur shartnoma ommaviy shartnoma hisoblanib, unga ko’ra Ijrochi xizmat ko’rsatishni so’rab murojaat etgan nomuayyan shaxslar doirasiga (Buyurtmachilarga) xizmat ko’rsatish majbuiyatini oladi.
  2. Mazkur shartnoma matnini Saytga joylashtirish Ijrochining nomuayyan shaxslar doirasi bilan mazkur shartnomani tuzish to’g’risidagi taklifi hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi ikkinchi xatboshisi).
  3. Mazkur Shartnomaning tuzilishi Buyurtmachining ushbu Shartnomaga qo’shilishi orqali amalga oshiriladi, ya’ni Buyurtmachi mazkur shartnoma shartlarini hech qanday shartlarsiz, qo’shimcha va o’zgartirishlarsiz qabul qiladi (akseptlaydi) (FKning 360- moddasi).
  4. Buyurtmachi tomonidan ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilish (akseptlash) fakti boʻlib Buyurtmachi tomonidan ushbu Shartnomada belgilangan tartibda va shartlarda oʻzi tomonidan buyurtma qilingan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirilganligi hisoblanadi. Buyurtmachi oʻzi tomonidan buyurtma qilingan xizmatlar uchun tegishli bank tomonidan taqdim etilgan kredit mablagʻlaridan foydalanib toʻlovni amalga oshirgan taqdirda, Buyurtmachi tomonidan ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilish (akseptlash) fakti boʻlib Buyurtmachi tomonidan Ijrochining xizmatlari uchun toʻlovni amalga oshirish uchun tegishli shartnomaning bank bilan tuzilishi hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-qismi).

Toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash turi taqdim etilgan taqdirda, Buyurtmachi tomonidan ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilish (akseptlash) fakti boʻlib tomonlar oʻrtasidagi kelishilgan shartlarga muvofiq birinchi amalga oshirilgan toʻlov tan olinadi.

  1. Ushbu ommaviy ofertani ushbu Shartnomada koʻrsatilgan tartibda akseptlash orqali Buyurtmachi Shartnomaning barcha shartlariga ushbu Shartnoma matnida bayon etilgan shaklda rozi boʻladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ushbu Shartnoma asosida Ijrochi bilan shartnoma munosabatlariga kirgan shaxs boʻlib hisoblanadi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 366-moddasi 4 va 5-qismlari va 370-moddasi 4-qismiga muvofiq, ushbu Shartnoma Tomonlar tomonidan oddiy yozma shaklda tuzilgan deb e’irof etiladi.
  2. Shartnomaning 2.4-bandida koʻrsatilgan harakatlar amalga oshirilgandan keyin, Ijrochi Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan tanlangan tegishli Kursga kirishni taqdim etadi.
  3. Sayt orqali yoki boshqa yo'l bilan Buyurtmachi Kursni tanlaydi. Ijrochining xodimi Buyurtmachiga Kurs to'lovi uchun to’lov varaqasini yuboradi. To'lov (Tomonlar tomonidan kelishilgan shartlarga muvofiq to'lov qismi) Ijrochining hisob raqamiga o'tkazilgandan so'ng, Buyurtmachiga elektron pochta orqali Kursga kirish huquqi beriladi (sotib olingan Kursga kirish ma'lumotlaridan iborat xabar yuboriladi).
  4. Kurs Modullardan tashkil topgan. Ijrochi Buyurtmachiga toʻlov shakliga qarab Kursning har bir Moduliga bosqichma-bosqich kirishiga ruxsat beradi, agar onlayn kirishning bosqichma-bosqich shakli avtomatik tarzda taʼminlansa va/yoki Buyurtmachi

boʻlib-boʻlib toʻlovni amalga oshirgan boʻlsa, Kursning (modulning) tarkibiy qismlariga onlayn kirish to'langan narxga mutanosib ravishda taqdim etiladi.

  1. Kurs materiallariga kirish Saytda ko'rsatilgan muddat davomida taqdim etiladi. Agar texnik imkoniyat mavjud bo'lsa Buyurtmachining yozma iltimosiga ko’ra Ijrochi Buyurtmachiga Kurs tugagandan so'ng ham Kursga kirish imkoniyatini beradi.
  1. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
  1. Ijrochining majburiyatlari:
  1. Buyurtmachi ushbu Shartnomaning tegishli shartlarini bajarganidan so'ng, Buyurtmachi tomonidan tanlangan Kurslarga kirishni ta'minlash.
  2. Ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha Buyurtmachiga xizmatlarni taqdim etish va/yoki Saytning faoliyati bilan bog’liq axborot yordamini ko'rsatish.

Qo'llab-quvvatlashga oid savollar Buyurtmachi tomonidan office@yano.uz elektron pochta manziliga yuboriladi.

  1. Ijrochi tomonidan yoki Ijrochining aybi bilan Veb-saytning ishlashida xatolar/kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan xatoliklarni/kamchiliklarni o'z kuchi bilan va o'z hisobidan bartaraf etish.
  2. Shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda Buyurtmachi tomonidan to'langan pul mablag'larini qaytarib berish.
  3. Shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, saqlash va qayta ishlash bo’yicha qonun talablariga amal qilish.
  1. Ijrochining huquqlari:
  1. Buyurtmachi bilan kelishilmagan holda Kurs mazmuniga oʻzgartirishlar kiritish (to’laligicha yoki Modullarning ma’lum qismiga).
  2. Buyurtmachi bilan kelishmasdan ushbu Shartnomani bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish.
  3. Buyurtmachidan ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni lozim darajada bajarilishi hamda lozim darajadagi ehtiyotkorlik tartibi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar va hujjatlarni talab qilish.
  4. Shartnoma bo’yicha xizmatlar narxini o'zgartirish va joriy qiymatni saytda joylashtirish.

Lekin bunda Kurs uchun to’lov Buyurtmachi tomonidan narxlar o’zgarishidan oldin amalga oshirilgan bo’lsa, mazkur xizmatlar narxi o'zgarmaydi.

  1. Ijrochining texnik resurslarida zarur rejalashtirilgan profilaktika va ta'mirlash ishlarini bajarish uchun Saytning ishlashini vaqtincha to'xtatib turish.
  2. Ushbu Shartnomani bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslarni boshqalari bilan almashtirish.
  1. Buyurtmachining majburiyatlari:
  1. Shartnomada belgilangan, hisob-fakturalarda kelishilgan va/yoki Tomonlar o’rtasida shaxsiy kabinetdagi xabarlar orqali kelishilgan shartlarda to’lovni amalga oshirish.
  2. Xizmatlarni taqdim etish uchun zarur bo'lgan to'liq va ishonchli ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish (shu jumladan ro'yxatdan o'tish paytida).
  3. Sayt imkoniyatidan faqat shaxsiy, oilaviy yoki boshqa notijorat maqsadlarda foydalanishlarini ta'minlash.
  4. Shaxsiy kabinetiga kirish logini va parolining maxfiyligini ta'minlash, Saytga kirish ma'lumotlarini (email va) uchinchi shaxslarga bermaslik.
  5. Shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirish faktlari to'g'risida zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirih xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zaruriy

choralarni ko’rish, shu jumladan, shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatini tiklash mumkin bo’lgan saytlardan.

  1. Boshqa shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini, shu jumladan kirish ma'lumotlarini Saytga yoki uchinchi tomon resurslariga joylashtirmaslik, boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanmaslik yoki ularni olishga urinmaslik.
  2. Boshqa shaxs nomidan yoki uning o'rniga foydalanuvchi sifatida ro'yxatdan o'tmaslik yoki bunday foydalanuvchi sifatida shaxslar guruhini (birlashmasi) yoki yuridik shaxs/yakka tartibdagi tadbirkorni ro'yxatdan o'tkazmaslik.
  3. Kurs materiallari bilan ishlashda va/yoki Kurs materiallarini va/yoki Ijrochini Internetda turli platformalarda muhokama qilishda axloqiy me’yorlarga rioya qilish, shu jumladan Kurs mavzusi bilan bogʻliq boʻlmagan umumiy chatlarda xabarlarni qoldirishning (fludning oldini olish), boshqa foydalanuvchilarga, ekspertlar/uchinchi shaxslarga, Ijrochi xodimlariga nisbatan hurmatsiz soʻzlar aytish va haqoratlashlarning oldini olish.
  4. Dasturiy ta'minot va/yoki Saytning normal ishlashini buzishga qaratilgan Dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik yoki shunga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik, viruslar, troyan viruslarige ega va boshqa zararli dasturlarni yuklamaslik, saqlamaslik, nashr qilmaslik, tarqatmaslik yoki ularga kirishni ta'minlamaslik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanmaslik; Ijrochining yozma ruxsatisiz Saytda ma'lumot to'plash uchun avtomatlashtirilgan skriptlardan (dasturlardan) foydalanmaslik.
  1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
  1. Ruxsat berish shartlarini (Shartnomaning 2-moddasi) bajargandan so'ng, Kursga onlayn kirish huquqiga ega bo'lish.
  2. Ushbu Shartnomaning butun amal qilish muddati davomida xizmatlarni taqdim etish va Saytning ishlashi bilan bog'liq masalalar bo'yicha axborot yordamini olish.
  3. Kursga kirish imkoniyatidan faqat notijorat maqsadlarda foydalanish.
  4. Ijrochiga ushbu Shartnoma predmeti va/yoki Kursning ishlashi bilan bog'liq sharhlar, takliflar va/yoki fikr-mulohazalarni yuborish.
  5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha talablarga rioya etilishini talab qilish.
  1. XIZMATLARNING NARXI VA TO'LOV TARTIBI.

XIZMATLARNI TAQDIM ETISH VA QABUL QILISH

  1. Ijrochi xizmatlarining narxi Saytda koʻrsatilgan Kurs narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ijrochining ushbu Shartnoma boʻyicha xizmatlari 12% stavkada QQSni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
  2. Buyurtmachi Xizmatlar uchun to’lovni berilgan to’lov uchun hisob varaqasi asosida, agar hisob varaqasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, Ijrochining hisob raqamiga pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan 100% oldindan to’lash sharti bilan amalga oshiradi.

To'lovni amalga oshirish sanasi Ijrochining hisob raqamiga pul mablag'lari kelib tushgan sana hisoblanadi.

Kurs uchun to'lovni bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati taqdim etilganda, Ijrochi amalga oshirilgan to'lovlar miqdoriga mutanosib ravishda Kursning tarkibiy qismlariga (bloklarga) kirishga ruxsat beradi.

  1. Xizmatlar uchun toʻlov Buyurtmachi tomonidan Ijrochi tomonidan qoʻllaniladigan usullarda tegishli miqdorda pul oʻtkazish yoʻli bilan Ijrochining foydasiga amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Ijrochi usullarning aktual roʻyxatini Saytga joylashtirish orqali Buyurtmachiga yetkazgan yoki Buyurtmachini boshqa yoʻl bilan xabardor qilgan holda, aktual usullar roʻyxatini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Toʻlovni amalga oshirish

va pul mablagʻlarini qaytarishning batafsil qoidalari ushbu Shartnomaning 1-ilovasida keltirilgan.

  1. Buyurtmachi Ijrochining xizmatlari uchun to’lovni tegishli bank tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlgan kredit mablagʻlaridan (keyingi oʻrinlarda kredit deb yuritiladi) foydalangan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Tomonlar ushbu Shartnoma kreditlash shartnomasi emasligi, Ijrochi kredit beruvchi emasligi va Buyurtmachi oldida tegishli majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmasligini tushunadi va bunga rozi boʻladi. Buyurtmachi, kredit Buyurtmachiga tegishli bank tomonidan koʻzda tutilgan shartlarda berilganligini tushunadi va rozi boʻladi. Ijrochi bankning Buyurtmachiga kredit taqdim etish shartlari, shu jumladan kreditdan foydalanganlik uchun foizlar miqdori va toʻlovi, shuningdek bankning kredit taqdim etishni rad etishi uchun javobgar boʻlmaydi. Buyurtmachi bank tomonidan kredit taqdim etish bilan bogʻliq majburiyatlarni mustaqil ravishda bajaradi.

  1. Xizmatlarni taqdim etish sanasi Buyurtmachiga Kurs materiallariga onlayn-kirish huquqini taqdim etish sanasi hisoblanadi. Shunga koʻra, tegishli Kursga (Modul, Kursning tashkil etuvchisi, agar Buyurtmachi tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash rasmiylashtirilgan boʻlsa) onlayn-kirish taqdim etilgan paytdan boshlab Xizmatlar Buyurtmachiga koʻrsatilgan deb hisoblanadi.
  2. Xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb yuritiladi) va schyot-faktura Buyurtmachining talabiga binoan beriladi. Buyurtmachining talabi mavjud boʻlganda, Buyurtmachi xizmatlar koʻrsatilgan oydan keyingi oyning 10- sanasidan kechiktirmay Dalolatnoma va schyot-fakturani imzolashi va Dalolatnoma va schyot-fakturaning 1ta nusxasini Ijrochiga qaytarishi shart.

Agar Dalolatnoma va schyot-faktura Buyurtmachi tomonidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar imzolanmagan va (yoki) e’tiroz bildirilmagan boʻlsa, ular Buyurtmachi tomonidan imzolangan hisoblanadi.

Ijrochi Buyurtmachiga - jismoniy shaxsga Dalolatnoma va schyot-fakturani yubormaslikka haqli. Bunda, ushbu Shartnoma boʻyicha xizmat Buyurtmachiga onlayn-kirish huquqi berilganidan keyin toʻliq hajmda koʻrsatilgan deb hisoblanadi.

  1. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI. MASʼULIYATNI CHEKLASH
  1. Agar Buyurtmachi Shartnomaning intellektual mulk huquqlarini tartibga soluvchi shartlarini buzsa yoki Kursga kirish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslikga oid majburiyatlarni buzsa, Buyurtmachi Ijrochining yozma talabi asosida suddan tashqari tartibda qoidabuzarlik uchun 10 000 000 (o’n million) so‘m miqdorida jarima to‘lashga majbur.
  2. Buyurtmachi ushbu Shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, Ijrochi Buyurtmachiga to'langan pul mablag’larini qaytarib bermasdan Buyurtmachining Kursga kirish imkoniyatini bekor qilishga va Saytga kirish imkoniyatini o'chirishga haqli.
  3. Buyurtmachiga bo'lib-bo'lib to'lash (to'lovni kechiktirish) taqdim etilgan va Buyurtmachi to'lov muddatlarini buzgan taqdirda, Ijrochi muddatni buzgan har bir kun uchun Buyurtmachidan muddati o'tgan to'lov summasining 0,1% miqdorida jarima to'lashni talab qilishga haqli.

Buyurtmachi Ijrochining talabnomasi (xabarnomasi)ni olingan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida jarimani to'lashi shart.

  1. Ijrochi quyidagilar uchun javobgar hisoblanmaydi:

*         foydalanuvchilar, shu jumladan Buyurtmachi tashabbusi bilan yaratilgan messenjer chatlarida (WhatsApp, Viber, Telegram) joylashtirilgan ma'lumotlarning mazmuni uchun;

*         Buyurtmachi bunday chatlarda xabar bergan shaxsiy ma'lumotlardan uchinchi shaxslarning foydalanishi uchun;

*         Internetga ulanish sifati va Buyurtmachining uskunalari va dasturiy ta'minotining

ishlashi uchun;

*         Buyurtmachi jihozlarining texnik tavsiflari Kursdan foydalanish va/yoki Kurs materiallarini ko’rish talablariga mos kelmasligi uchun, agar bunday talablar belgilangan bo'lsa.

*         Shartnoma boʻyicha koʻzda turilgan xizmatlar Buyurtmachining kutganlariga mos kelmaganligi uchun. Buyurtmachining sub’yektiv bahosi Xizmatlar sifati boʻyicha ob’yektiv mezon boʻlib hisoblanmaydi;

*         Buyurtmachi tomonidan Saytning funksionalidan yoki Kurslardan foydalanishda yo'l qo'yilgan xatolar va noaniqliklar uchun (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Shartnomaga Ilovani shakllantirishda ma'lumotlarni noto'g'ri ko'rsatish, dars vaqtini o’tkazib yuborish va shunga o’xshah boshqa xatolar);

*         Buyurtmachi tomonidan Shartnoma bo'yicha o'zi tanlagan xizmatlar uchun to'lov shaklidan foydalanish (foydalanishning mumkin emasligi) va ulardan foydalanishning (foydalanishning mumkin emasligi) har qanday oqibatlari;

*         Banklar yoki hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslarning xizmatlar uchun haq to‘lashda yoki belgilangan hollarda pul mablag‘larini qaytarishda amalga oshirgan harakatlari (harakatsizligi) uchun.

  1. Ijrochi Saytning ishlashida yuzaga keladigan nosozliklar va xatoliklarning oldini olish uchun barcha oqilona sa'y-harakatlarni amalga oshiradi, ammo uning uzluksiz ishlashini kafolatlamaydi, provayder, boshqa shaxslar yoki xizmatlar ishidagi texnik nosozliklar va uzilishlar, biron-bir sababga ko'ra Internetga yoki Internet-resursga kirishni cheklash natijasida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar, Foydalanuvchilar tomonidan Saytga kirish ma'lumotlarining xavfsizligini ta'minlamaslik va Ijrochining vakolatiga kirmaydigan boshqa holatlar uchun javobgar emas va yetkazilgan zararni qoplamaydi.
  2. Tomonlarning hech biri o'z majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganliklari uchun javobgar bo'lmaydi, agar bunday bajarmaslik holati ushbu Shartnomaning bajarilishiga to'sqinlik qiladigan va u tuzilganidan keyin yuzaga kelgan fors-major holatlari (shu jumladan, yong'in, suv toshqini, zilzila, ish tashlashlar va boshqa tabiiy ofatlar, urush va jangovar harakatlar, epidemiyalar, pandemiya yoki Tomonlarning nazorati ostida bo'lmagan boshqa holatlar) natijasida yuzaga kelgan bo’lsa.
  3. Buyurtmachi Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini, shu jumladan Shartnomaning 4.2-bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda (lozim boʻlmagan darajada bajarsa), Ijrochi ushbu Shartnomaning amal qilishini, Ijrochi tomonidan Kursga kirish uchun ma’lumotlarni avval yuborilgan elektron pochta manzili boʻyicha majburiyatni bajarishdan bosh tortishtoʻgʻrisida elektron shakldagi xabarni yuborish orqali, majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoʻli bilan suddan tashqari toʻxtatishga haqli. Ushbu Shartnomaning amal qilishi Ijrochi tegishli xabarnoma` yuborgan kuni yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddatda tugatiladi, kurs materiallariga kirish esa oʻsha muddatning oʻzida faollikdan chiqariladi.

6. INTELLEKTUAL MULK. MAXFIYLIK

  1. Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga xizmatlar ko'rsatish doirasida Ijrochining va/yoki Ijrochi bilan tegishli shartnomalar/kelishuvlar tuzgan uchinchi shaxslarning intellektual mulkiga kirish ta'minlanadi (bundan buyon matnda Intellektual mulk deb yuritiladi). Intellektual mulkka Ijrochining va/yoki uchinchi shaxslarning intellektual (aqliy) faoliyati natijalari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, audiovizual materiallar, EHM uchun dasturlar, LMS (learning management system), uslubiy va/yoki maʼlumotnoma materiallar, topshiriqlar, axborot resurslari kiradi.
  2. Buyurtmachi intellektual mulkka nisbatan quyidagilarga majburdirlar:

*         Ijrochining va/yoki uchinchi shaxslarning Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarini buzadigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaslik, xususan, Ijrochining yozma ruxsatisiz har qanday Intellektual mulkni hosilaviy asarlarni yaratish uchun nusxa koʻchirmaslik, yozib olmaslik, koʻpaytirmaslik, nashr qilmaslik, hech qanday shaklda tarqatmaslik, oʻzgartirmaslik, foydalanmaslik;

*         Ijrochining mutlaq huquqlari buzilganligi haqidagi ma'lum bo’lgan faktlar to'g'risida darhol Ijrochini xabardor qilish;

*         Uchinchi shaxslarga Saytdagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun shaxsiy autentifikatsiya ma'lumotlarini (elektron pochta, parol) bermaslik. Ushbu ma’lumotlar yo'qotilgan taqdirda, shuningdek login va parolni uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy qo’lga kiritganligi holatlarida Buyurtmachi office@yano.uz manziliga xabarnoma yuborish orqali darhol Ijrochini xabardor qilishga majburdirlar. Ko'rsatilgan xabarnoma yuborilgunga qadar barcha harakatlar mos ravishda Buyurtmachi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.

  1. Maxfiylik Ijrochi tomonidan xizmatlar ko'rsatish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan, Ijrochi tomonidan jamoat mulki sifatida e'lon qilinmagan va jamoatchilikka ochiq bo'lmagan har qanday ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Buyurtmachilar Ijrochining oldindan yozma roziligisiz xizmatlarni taqdim etishda (ommaga ochiq bo’lgan ma'lumotlar bundan mustasno) Ijrochining maxfiy ma'lumotlarini va boshqa ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar.
  2. Ijrochi o'z marketing va/yoki reklama materiallarida Kurs materiallarini o'rganish jarayonida foydalanuvchi tomonidan yaratilgan obyektlardan foydalanishga, shuningdek Buyurtmachini Sayt foydalanuvchisi va mijoz sifatida ko'rsatishga haqli.

7. QO’SHIMCHA SHARTLAR

  1. Buyurtmachi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan internet Saytlardan foydalagan holda bitimlarni tuzish uchun zarur muomala layoqatiga ega ekanligini va voyaga yetganligini tasdiqlaydi.
  2. Buyurtmachi quyidagi hollarda unga xizmatlar ko’rsatish rad etilishi mumkinligidan xabardorligini va bunga rozi ekanligini tasdiqlaydi.

*         to'lov ruxsatnomasining bank yoki elektron to'lov tizimi tomonidan tasdiqlanmaganligi;

*         Buyurtmachi tomonidan shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda pul mablag'larini qaytarish tartibini boshlash;

*         O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki ushbu Shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.

8. YAKUNIY QOIDALAR

  1. Ushbu Shartnoma Buyurtmachi tomonidan Shartnomaning 2.4. bandidagi shartlarni bajarishi bilan imzolangan hisoblanadi va Taraflarning o’z majburiyatlarini to’liq bajargunlarigacha amal qiladi.
  2. Ijrochi Buyurtmachini oldindan ogohlantirmasdan ushbu Shartnoma shartlarini o'zgartirishga, ushbu Shartnomaga yangi shartlar yoki ilovalar kiritishga haqli. Buyurtmachi, bunday o'zgarishlarning yuzaga kelishi ehtimolidan xabardor bo’lgan holda, ular amalga oshirilishiga rozilik bildiradi. Agar Buyurtmachi bunday o'zgarishlardan keyin ushbu Shartnomani bajarishda davom etsa, shu jumladan, Dasturiy ta'minotdan, ya’ni Kursdan, Saytdan har qanday foydalanishni davom ettirsa, bu uning bunday o'zgarishlarni qabul qilishini bildiradi.
  3. Ushbu Shartnomaga kiritilgan o'zgartirishlar va/yoki qo'shimchalar matni yoki uning yangi tahriri Buyurtmachi tomonidan tegishli ma'lumotlarni Saytga joylashtirish orqali jamoatchilikka yetkaziladi.
  4. Taraflar tomonidan sukut (ushbu Shartnomaning ayrim qoidalariga, shu jumladan tariflarning o'zgarishiga rozi emasligi to'g'risida yozma bildirishnomalarning yo'qligi) Buyurtmachining ushbu Shartnomaning yangi tahririga roziligi va unga qo'shilishi deb tan olinishiga so'zsiz rozilik bildiradilar (O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 105- moddasi 2-bandi).
  5. Ushbu Shartnoma Taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinishi mumkin. Taraflarning har biri ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo'lib, boshqa tomonga Shaxsiy kabinet yoki elektron pochta orqali bekor qilish rejalashtirilgan sanadan kamida 15 kun oldin xabarnoma yuboradi.
  6. Ushbu Shartnomaning har qanday shartlari yuridik kuchini yo'qotgan, noqonuniy deb topilgan yoki ushbu Shartnomadan chiqarib tashlangan hollarda, bu hol shartnomaning yuridik kuchini saqlab qolgan va Taraflar uchun majburiy bo'lgan boshqa shartlarining haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
  7. Ushbu Shartnoma bilan tartibga solinmagan barcha masalalar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
  8. Taraflar o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha nizolar, shikoyatlar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Nizolarni yuqorida ko'rsatilgan yo'l bilan hal qilishning iloji bo'lmasa, taraflar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining nizoni hal qilishning sudgacha bo'lgan tartibiga majburiy rioya qilgan holda sudga murojaat qiladilar. Shartnoma bo'yicha uning huquqlari buzilgan deb hisoblagan Taraf ikkinchi tomonga talabnoma yuborishi shart. Talabnoma boshqa tomonga jo'natuvchining shaxsini va yozishmalarning qabul qiluvchiga yetkazilganligini aniqlashga imkon beradigan har qanday usul bilan yuborilgan bo'lsa, tegishli tarzda taqdim etilgan deb hisoblanadi. Qabul qiluvchining yo'qligi ko'rsatilgan holda yozishmalarni qaytarilishi sudga murojaat qilishga to'sqinlik qilmaydi. Agar ushbu hujjatlar ikkinchi tomonda ham mavjud bo'lsa, taqdim etilgan talablarni asoslaydigan va tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini talabnomaga ilova qilish majburiy emas.

Talabnomani olgan tomon, u olingan kundan boshlab 10 (o'n) ish kuni ichida ko'rib chiqish natijalari to'g'risida ikkinchi tomonga yozma ravishda xabar beradi. Belgilangan muddatda talabnomaga javob yoki asosli e'tirozlarni olmaslik da'vo va unda ko'rsatilgan holatlarga rozilik sifatida qabul qilinadi.

  1. Tomonlar elektron aloqa vositalari yoki Saytdagi shaxsiy kabinet orqali yuborilgan hujjatlarning qonuniy kuchini tan oladilar.
  2. Buyurtmachi Ijrochiga Ijrochining xizmatlariga murojaat qilganda va/yoki Saytda roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatilgan, shuningdek, Shaxsiy kabinetda Saytda joylashtirilgan Maxfiylik siyosati bilan koʻzda tutilgan shartlarda, shuningdek, buyurtmachiga uning soʻrovi boʻyciha taqdim etilishi mumkin boʻlgan shaxsiy ma’lumotlar toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun rozilik beradi.
  3. Buyurtmachi Ijrochiga Ijrochidan reklama xabarlarini, Ijrochi va uning hamkorlarining mahsulotlari, xizmatlari, reklama aktsiyalari, chegirmalar va maxsus takliflar, oʻyinlar, tanlovlar, soʻrovlar toʻgʻrisidagi axborotnomalarni Buyurtmachining elektron pochta manziliga, Buyurtmachining telefoni raqami orqali messenjerlar, shu jumladan "Telegram", "WhatsApp"ga, pochta xabarnomalari, SMS xabarlar, push- xabarnomalar orqali, hamda bunday ma’lumotlarni Buyurtmachiga telefon orqali ogʻzaki ravishda yetkazilishi orqali olishga roziligini beradi.
  4. Buyurtmachi Internetda Buyurtmachi tomonidan e'lon qilingan Ijrochining Ijrochiga va u tomonidan ko'rsatilgan xizmatlarga oid sharhlaridan, shu jumladan Buyurtmachi tomonidan Ijrochining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy guruhlarida qoldirilgan sharhlaridan

Ijrochi tomonidan foydalanishga roziligini beradi, bunda buyurtmachining to'liq ismini (familiya, ismi va otasining ismi) ko'rsatgan holda va mijozning rasmidan hech qanday tarzda foydalanmasdan, shuningdek, lekin ular bilan cheklanmagan holda, qayta ishlash, shu jumladan Ijrochining rasmiy veb-saytlarida, Ijrochining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, Ijrochining reklama va boshqa materiallarida, shu jumladan Ijrochining mijozlariga ma'lumot jo'natmalari matnlarida bunday sharhlarni joylashtirish uchun qisqartmalar, ularning ma'nosini buzmaydigan o'zgartirishlar ham bunga kiradi. Ushbu rozilik Shartnoma tuzilgan kundan boshlab amal qiladi. Ushbu rozilik Buyurtmachi tomonidan istalgan vaqtda Shartnomada ko'rsatilgan Ijrochining manziliga yozma ariza yuborish orqali bekor qilinishi mumkin.

  1. TARAFLARNING REKVIZITLARI
  1. Tomonlar Buyurtmachining rekvizitlari bilan Saytda ro'yxatdan o'tish va/yoki Kursga kirish huquqini berish uchun ariza berish va/yoki Ijrochining xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishda ko'rsatilgan ma'lumotlarni ko'rib chiqishga rozilik bildiradilar.
  2. Ijrochining rekvizitlari:

«YANO EDUCATION» MChJ

Yuridik manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,

Yunus Rajabi ko'chasi, 2, STIR 308548704.

Bank rekvizitlari:

H/R 20208000605381703001 "Ipoteka-Bank" XATB Mehnat filialida, bank kodi 00937,

Bank STIR 202858483, Bank ОКED 64190.

Haq evaziga xizmat ko‘rsatish

to‘g‘risidagi Ommaviy shartnomaga 1-ilova

Pulni to'lash va qaytarish qoidalari

Ushbu Pulni to'lash va qaytarish qoidalari (keying o’rinlarda matnda - Qoidalar deb yuritiladi) Ijrochi va Buyurtmachi o'rtasidagi Shartnoma bo'yicha xizmatlarga haq to'lash va Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, xizmatlar uchun to'langan mablag'ni qaytarish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.

  1. Xizmat haqi Buyurtmachi tomonidan tanlangan Kursning narxiga ko’ra to'lanadi. Xizmat uchun to'lov naqd pulsiz, Buyurtmachining xohishiga ko'ra Saytda ko'rsatilgan usullardan biri bo'yicha, Ijrochining hisobvarag'iga mablag'ni o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
  2. Saytda yoki Shaxsiy kabinet orqali to'lashda to'lov uchun VISA, MasterCard kartalari qabul qilinadi.

To'lovlarni o'tkazish Visa va MasterCard xalqaro to'lov tizimlari qoidalariga muvofiq, yopiq aloqa kanallari orqali ma'lumotlarni tekshirish, shifrlash va uzatishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda to'lovni amalga oshirishning maxfiyligi va xavfsizligi tamoyillariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Buyurtmachi to'lov tizimlari orqali to'lovni amalga oshirish qoidalari va tartibiga tegishli masalalarda to'lov tizimlarining qoidalariga amal qiladi va tushuntirish va maslahat olish uchun to'g'ridan-to'g'ri tegishli to'lov tizimlarining operatorlariga murojaat qiladi. Ijrochi shu bilan o'z vakolatlari doirasida to'lov tizimlaridan foydalangan holda xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishda axborot ko'magini ko'rsatish huquqini o'zida saqlab qoladi, ammo ushbu ilovada hech narsa uni bunday axborot ko'magini amalga oshirishga, taqdim etilgan ma'lumotlarning to'liqligi uchun javobgar bo'lishga yoki xizmatlarni to'lash usulini va/yoki Buyurtmachi tomonidan to'lov tizimini tanlashning boshqa oqibatlarini o'z zimmasiga olishga majbur qilmaydi.

  1. Xizmatga buyurtma berishda Visa yoki MasterCard bank kartasi bilan to'lash uchun to'lov usulini tanlashda "Bank kartasi orqali to'lash" tugmasini bosish, to'lovni yakunlash uchun "To'lash" tugmasini bosish kerak.
  2. Buyurtma uchun to'lov bankning himoyalangan to'lov sahifasiga bank kartasining rekvizitlarini kiritilgandan keyin amalga oshiriladi. To'lov sahifasiga ulanish va ma'lumotlarni uzatish 3D Secure texnologiyasidan foydalangan holda himoyalangan rejimda amalga oshiriladi. Bank kartasi ma'lumotlarini kiritish uchun belgilangan sahifada Buyurtmachi o'z bank kartasi ma'lumotlari: karta raqami, karta egasining ismi, sharifi, kartaning amal qilish muddati, uch xonali xavfsizlik kodi (VISA uchun CVV2 yoki MasterCard uchun CVC2) ni kiritishi kerak. Barcha kerakli ma'lumotlar kartaning o'zida yozilgan.

Uch xonali xavfsizlik kodi - bu kartaning orqa tomonida joylashgan uchta raqam. Agar Buyurtmachining banki MasterCard SecureCode, Verified by Visa Internet-to'lovlarini xavfsiz amalga oshirish texnologiyasini qo'llasa, to'lovni amalga oshirish uchun maxsus parolni kiritish talab qilinishi mumkin.

  1. Buyurtmachining bank kartasi rekvizitlari Ijrochining serverida yoki Saytida saqlanmaydi va Ijrochi Buyurtmachining to'lov rekvizitlariga kirish huquqiga ega bo'lmaydi

Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlar va to'lov ma'lumotlarining maxfiyligi bank tomonidan ta'minlanadi.

Buyurtmachi tomonidan kiritilgan ma'lumotlar, shu jumladan to'lov rekvizitlari uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

  1. Quyidagi holatlarda to’lovni o’tkazish bank tomonidan rad etilishi mumkin:
  1. bank kartasi Internet orqali to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallanmagan; Buyurtmachi bu haqda xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilib bilishi mumkin.
  2. bank kartasida to'lov uchun yetarli mablag' mavjud emas.

Buyurtmachi bank kartasini chiqargan bankka murojaat qilib, o'z bank kartasida mablag' mavjudligi haqida bilishi mumkin;

  1. bank kartasi ma’lumotlari noto’g’ri kiritilgan;
  2. bank kartasining amal qilish muddati o’tgan.

Kartaning amal qilish muddati (ushbu karta amal qiladigan oy va yil) odatda kartaning old tomonida ko'rsatiladi. Buyurtmachi bank kartasini chiqargan bankka murojaat qilib, kartaning amal qilish muddati haqida batafsil ma'lumot olishi mumkin.

7. Apple Pay yordamida toʻlovni amalga oshirayotganda (agar bunday usul Saytda koʻzda tutilgan boʻlsa), “Wallet” ilovasidan kartani tanlang, ilovada qaysi usul tanlanganiga koʻra parol yoki boshqa autentifikatsiya usulidan foydalaning.

8. Samsung Pay orqali buyurtma berishda (agar bunday usul Saytda koʻzda tutilgan boʻlsa) “Samsung Pay orqali to‘lov” tugmasini bosing, Samsung Accountingizni kiriting va smartfoningizda xaridni tasdiqlang (barmoq izi, koʻzning rangdor pardasi yoki Samsung Pay PIN- kodi orqali) .

9. Ijrochi to‘lov tizimi va/yoki bankning dasturiy-apparat kompleksini nazorat qilmaydi. Agar biron-bir xatolik natijasida Buyurtmachining pul mablagʻlari hisobdan chiqarilgan boʻlsa, lekin toʻlov toʻlov tizimi va/yoki bank tomonidan avtorizatsiyalanmagan boʻlsa, Buyurtmachiga pul mablagʻlarini qaytarish majburiyati toʻlov tizimining operatori va/yoki tegishli bank zimmasiga yuklanadi.

10. Buyurtmachi tomonidan to‘langan mablag‘larni qaytarish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

  1. Ijrochining aybi bilan belgilangan muddatda xizmat koʻrsatilmagan;
  2. Xizmat boshlanishidan oldin Buyurtmachi Shartnomani bekor qilish va pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisida xabarnoma bilan murojaat qilgan;
  3. Ushbu Ilovaning 14-bandida nazarda tutilgan hollarda.

11. Ijrochi tomonidan Buyurtmachi to'langan mablag'larni to'liq yoki qisman qaytarilishi Buyurtmachi tomonidan Ijrochining office@yano.uz elektron pochtasiga yuborilgan yozma arizasiga asosan, keyinchalik asl nusxasini Ijrochining quyidagi pochta manziliga yuborish bilan amalga oshiriladi: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Afrosiyob ko'chashi, 4B-uy, 102-xonadon.

Ijrochi pul mablag’ini qaytarish uchun Buyurtmachidan tasdiqlangan ariza shaklini to'ldirishni talab qilishga haqli.

12. Agar Buyurtmachi Ijrochi tomonidan Buyurtmachi tanlagan Kursga onlayn kirish huquqini berilishidan oldin Shartnomani rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga to'langan summaning 100 foizini qaytarib beradi, kredit mablag'laridan foydalangan holda to'lov shartlari bo'yicha to'lovni amalga oshirish bundan mustasno.

13. Agar Buyurtmachi kredit mablagʻlaridan foydalangan holda toʻlov amalga oshirilgan Shartnomani Ijrochi Buyurtmachiga tanlagan Kursga onlayn-kirish taqdim etilgunga qadar bekor qilsa, Ijrochi pul mablagʻlarini tegishli bankka bank tomonidan Ijrochidan ushlab qolingan komissiyalar summalarini chiqarib tashlangan holda qaytarib beradi. Ijrochi toʻlovni amalga oshirish uchun javobgar boʻlmaydi va Buyurtmachi va bank oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Buyurtmachi tomonidan bankka toʻlanishi kerak boʻlgan pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar miqdorini Buyurtmachiga qaytarmaydi.

14. Agar Buyurtmachi o’zi tanlagan Kursga onlayn kirish huquqi berilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida Shartnomani rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga to'langan summaning 50 foizini qaytaradi. Bundan tashqari, agar tanlangan Kursga onlayn kirish uchun to’lov kredit mablag'lari yordamida to'langan bo'lsa, Ijrochi bank tomonidan Ijrochidan ushlab qolingan to'lovlar miqdorini olib tashlagan holda tegishli bankka pul mablag'ini qaytaradi. Ijrochi to'lov uchun javobgar emas va Buyurtmachiga bank bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Buyurtmachi tomonidan bankka to'lanishi kerak bo'lgan pul mablag'laridan foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar miqdorini qoplamaydi.

15. Bir xil tarzda talqin qilish uchun: agar Buyurtmachi kredit mablagʻlaridan (bank mahsulotlari – iste’mol kreditlari, boʻlib-boʻlib toʻlovlar va boshqalar) foydalangan holda toʻlovlar amalga oshirilgan xizmatlardan bosh tortsa, qaytarilishi kerak boʻlgan summa va Ijrochining xarajatlari Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun to’lov sifatida bankdan olingan pul mablagʻlari summasidan hisoblanadi.

16. Buyurtmachi o’zi tanlagan Kursga onlayn kirish huquqi berilgan kundan boshlab 30 kalendar kundan keyin Shartnomani rad etsa, pul qaytarilmaydi.

17. Pul mablagʻlarini qaytarish Buyurtmachining arizasi olingan kundan boshlab 30 kun ichida toʻlov amalga oshirilgan hisob raqamga amalga oshiriladi (aniq qaytarish muddati Buyurtmachining bank kartasini bergan bankka bogʻliq).

18. Buyurtmachining to'lov rekvizitlari o'zgarganda, shuningdek bank xizmatlarini kredit hisobidan to'lashda, Buyurtmachining Arizada pulni qaytarish uchun bank rekvizitlarini ko'rsatishi majburiydir.

Buyurtmachi bank rekvizitlarini koʻrsatmagan taqdirda, Ijrochi Buyurtmachi tomonidan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda koʻrsatilgan toʻlov rekvizitlariga pul mablagʻlari toʻgʻri va/yoki oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi va/yoki oʻtkazilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.

19. Kursga kirish ruxsati Ijrochi Buyurtmachidan ushbu Ilovaning 14-bandiga muvofiq pulni qaytarish to'g'risida Ijrochining shaklida rasmiylashtirilgan Arizani olgan kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida to'xtatiladi.